Xabaringiz bor, joriy yilning 16-martidan boshlab Mamlakatimizdagi barcha Oliy taʼlim muassasalari talabalariga navbatdan tashqari vaqtinchalik taʼtil berildi. Xususan, TАTU talabalariga ham.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Tashkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” HiEdTec loyihasini bir qator Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari, hamda O‘zbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU), Andijon mashinosozlik instituti (AndMI) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (O‘zR IIV Akademiyasi boshlig‘i B.A.Matlyubov) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (rektor T.Z.Teshabayev) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hovlisidagi Sakura daraxti gulladi.
Joriy yilning 18-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich hamda universitet professori Nishanbayev Tuygun Nishanbayevich Axborotlashtirish Xalqaro akademiyasini haqiqiy aʼzosi deb saylandi va ularga Axborotlashtirish Halqaro akademiyasining akademigi unvoni berildi.
Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 16-martdan oʻqish toʻxtatilib, oʻquvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) taʼtilga chiqarilishi maʼlum qilindi.