Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.
Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zga chiqadi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Oʻtgan yili dekabr oyida Moʻynoq tumanida "Future Muynak" oʻquv-amaliyot markazi tashkil qilindi. Markaz yanvar oyidan bugungi kunga qadar Moʻynoq yoshlariga animatsiya-dizayni, Web-dizayni, video va kino mahsulotlarini ishlab chiqish, kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqarish yoʻnalishlari boʻyicha bepul taʼlim berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Besh tashabbus"ning uchinchi tashabbusi va yosh avlodni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan, ilk bor Oʻzbekistonlik jamoalar qatnashishi mumkin boʻlgan "Rucode" festivalining birinchi xalqaro raundiga qabul oʻtkazilmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Axborot texnologiyalari qo’shma fakultetiga (TATU-BDIRU) tayyorlov kursiga qabul ochilishini e’lon qiladi!