Universitet talabalari o‘rtasida iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq aniqlash, ularning iqtidori va qobiliyatini rivojlantirish va ilmiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi va Informatika asoslari kafedrasi tomonidan TATU 1-2 kurs talabalari o‘rtasida dasturlashtirish bo‘yicha 7 may kuni onlayn olimpiada o‘tkaziladi.
Talaba-yoshlarning karantin davridagi bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ular o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi.
Barcha OTMlarning masofaviy o‘qitish platformalari vazirlikning https://dist.edu.uz/ yagona portaliga birlashtirildi. Yaʼni oliy taʼlim muassasalarining masofaviy taʼlim platformalariga o‘tish yagona portali orqali amalga oshiriladi. Bu esa OTMlar o‘rtasida resurslardan hamkorlikda foydalanish imkonini berdi.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ular o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida TATU talabalari o‘rtasida “KITOBXON TALABA” tanlovi eʼlon qilinadi📚
Karantin davrida universitet faoliyatiga oid savolingiz (masofaviy taʼlim, kontrakt to‘lovi, qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirgan talabalar va h.k) mavjud bo‘lgan taqdirda 71. 238-64-15 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
2019/2020 o‘quv yilida qo‘shni davlatlardan o‘qishini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ko‘chirishga tavsiya etilgan ro‘yxati