Qiziquvchan va izlanuvchan talabalarni 15-17 may kunlari “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida tashkil etiladigan o‘quv-trening kurslariga taklif qilamiz. O‘quv-trening kurslarida ishtirok etishni xoxlagan iqtidorli talabalar A-Bino 112-xonada 7 mayga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
TATU 1-bosqich magistri Shuxrat Agzamov Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan neupusti.net (Qozog‘iston) ta’lim portali hamda GroundZero (O‘zbekiston) kovorking hamkorligida tashkil etilgan “Silk Way Startup” loyihasida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
30 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlar o‘rtasida “Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2018 yil 21 aprel kuni uch viloyat (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari) rahbar xodimlari va universitet talabalari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.
“BEST IP-2018” tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari faxrli birinchi o‘rinni egallashdi