Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 5 sentyabr kuni 1-kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5 nafar iqtidorli magistrantlari 2018-2019 oʻquv yili davomida 10 oylik muddatga Koreya ilgʻor fan va texnologiyalar instituti (KAIST) da turli mutaxassisliklar boʻyicha taʻlim olishga yuborildi.
Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning buyrugʻiga koʻra, Xakim Muhitdinov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, shu bilan birga u universitet prorektori lavozimini ham egalladi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Respublikamizda Muqaddas Qurbon hayitini nishonlash hamda Mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini keng miqiyosda tashkil etish maqsadida 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya xashari o‘tkazish belgilangan edi.
Dam olishni rejalashtirayotganingizda, albatta O'zbekiston ro'yxatingizda birinchilardan emas. Biroq, Janubiy Karolina universiteti sobiq Sovet respublikasiga turistik sanoatni va xizmat ko'rsatish iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish uchun kirib kelmoqda va bu holat tez orada o’zgaradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti 4 nafar professor-o‘qituvchilari Koreya respublikasi Koreya media san’at universitetiga (KUMA) hamkorlik doirasida xizmat safariga yuborildi