Yangiliklar

TATUda “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari boshlandi

15-10-2019 | 10:25

Joriy yilning 15-17 oktayab kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi. O‘quv-trening Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi. Memorandumiga asosan,

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

14-10-2019 | 07:59

Sizni Allamuratova Zamira Jumamuratovnaning «Telekommunikatsiya tizimlarining elektromagnit xavfsizligini geoaxborot texnologiyalari asosida baholash usullari» mavzusidagi 05.04.01 – «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya oldi seminariga taklif etamiz.

TATU vakillari KOICA tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

13-10-2019 | 08:15

2019-yil 14-23 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvda Koreya Respublikasida joylashgan dunyoning yetuk universitetlari vakillari bilan ta’limning kredit tizimini joriy etish tajribalari muhokma qilinadi.

TATUda ProQuest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

12-10-2019 | 10:49

Joriy yilning 9-oktyabr kuni TATUda ProQuest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ProQuest kompaniyasi vakillari "Dissertations & Thesis Global" mavzusida aspirantlar, doktarantlar hamda TATU talabalariga taqdimt o'tkazdilar.

Universitet yoshlar yetakchisi tayinlandi.

11-10-2019 | 07:25

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo'yicha Respublika idoralararo kengashi yig'ilishida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlariga Yoshlar yetakchilarini tayinlash bo'yicha suhbatlar Toshkent Shahar Yoshlar markazida o'tkazildi.