29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Malayziyaning O'zbekistondagi Elchixonasi vakili hamda Malayziya Texnologiyalarni Rivojlantirish Korporatsiyasi (MTDC) direktori F. Nizar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 22-23 aprel kunlari TATUning bir guruh iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoasi moskva shahrida bo’lib o’tgan “Nokia – 2019” xalqaro talabalar olimpiadasida ishtirok etishdi.
Joriy yilning 23-25-aprel kunlari TATUning professor-o’qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Omsk shahridagi Omsk davlat texnika universiteti tomonidan tashkillashtirilgan "Mexanika fanlarini va texnologiyalarni rivojlantirish – 2019" III Xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasida videokonferentsiya orqali ishtirok etishdi. Ushbu konferensiya “Murakkab tizimlarni modellashtirish va boshqarish” shu’basining yig’ilishi TATU “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi” binosida bo’lib o’tdi.
2019 yil 26-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini shakllantirish dasturiy tizimi” bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Nazarov A.S. tashrif buyurdi.
Joriy yilning 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Central Asia 2019. Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslarining oʻrni” mavzusida XIII xalqaro konferensiya doirasida “Innovatsion rivojlanish uchun ilmiy axborot resurslar”11 – ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Sizni Xo’jayev Otabek Kadambayevichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Qaror qabul qilishga ko’maklashsish tizimlari uchun intellektual tahlil dasturiy vositasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.