Yangiliklar

Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbiri boʼlib oʼtdi

11-11-2019 | 08:29

Joriy yilning 7 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchisi Z.Isaxodjaeva va universitetning “Pochta aloqa texnologiyalari” yoʼnalishi 131-132-16 guruh talabalari Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbirini oʼtkazishdi.

Andijon viloyati o‘quvchilari TATUda

11-11-2019 | 04:08

8 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi 40-maktab internatning 11-sinf o‘quvchilari (21 nafar) tashrif buyurdi.

TATUda Beihang davlat universiteti professor-o'qituvchisi sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi

07-11-2019 | 04:35

Joriy yilning 6 - noyabr kuni "Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019" (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasning Beihang davlat universiteti (Pekin aviatsiya va kosmonavtika universiteti) professor-o'qituvchisi TATUning professor-o'qituvchilar, talabalar va magistrantlari uchun kosmik tadqiqotlarda CubeSat - sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi.

TATUning robototexnika boʼyicha mutaxassislari xalqaro “Daegu Global Robot Business Forum – 2019” da ishtirok etishmoqda

07-11-2019 | 04:15

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston robototexnika federatsiyasining 6 nafar a’zosi hozir Janubiy Koreyada Daegu Global Robot Business Forumda qatnashishmoqda. Daegu Global Robot Business Forum 2019 Daegyeong Robot Enterprise Promotion Association (REPA) tomonidan global tarmoqlar, intelektuallashgan tizimlar va sun'iy intellekt yaratish va xavfsizligini ta’minlash loyihalari doirasida tashkil etilgan.

O’zbekiston yoshlari korrupsiyaga qarshi kurashadi

06-11-2019 | 09:09

Mansabdor shaxslar pora oluvchilar bo’lsa, ularga pora taklif qiluvchilar pora beruvchilar deb ataladi va korrupsiyaning vujudga kelishga sababchi vositalar sanaladi. Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi.

Korrupsiyaga qarshi immunitet rivojlansagina undan ozod bo‘lamiz

06-11-2019 | 09:05

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari – mamlakatimizga yuqori malakali, keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar yetkazib beradigan jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ammo, ming afsuski, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari korrupsiyadan holi emas. Bu ko‘z yumib bo‘lmaydigan haqiqat! Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan oliy ta’lim tizimiga, hususan, ta’lim tizimini sifatini oshirishga katta e’tibor qaratmoqdalar.