Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti termal qurilmalarni profilaktik ta’mirlash.
Joriy yilning 18 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlarning yoshlariga qaratilgan “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2018 yil 15-17 may kunlari J.Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi tomonidan yuborilgan 7 nafar mutaxassislar tomonidan TATU talabalari va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.
16-17 may kunlari 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi hamda shaxmat sport turlaridan musoboqalari o‘tkazildi.
Joriy yilning 11-12 may kunlari universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi.
2018 yil 15 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) bilan imzolangan Memorandum asosida, TATU professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari o‘tkazildi.