Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.
Joriy yilning 16-avgust kuni “Seeds for the future” tadbirning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talabalari qatorida TATU talabalari ham ishtirok etdi. Shuningdek, eng so‘nggi AKT texnologiyalarini qo‘llash orqali ijtimoiy muammolarni hal qila oladigan g‘oyalarga ega yoshlarga qaratilgan loyihalar, hususan, “Tech4Good” mintaqaviy tanlovi g'oliblari ham munosib taqdirlandi.
Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan 2024-yil 16-avgust kuni soat 19:00da Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.
Abdug`ofur Hotamov TATUning Samarqand filialida dars beradi. U 10 oy davomida o`qib, ingliz tilidan Б2 sertifikatini olgan. “Ko`plab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida, talabalarning oldida uyalib qolmaslik uchun ingliz tili kursiga qatnay boshladim”, - deydi u Кун.узъga bergan intervyusida. Abdug`ofur ota kuniga 2-3 soat ingliz tili bilan mustaqil shug`ullanganini aytadi.