Yangiliklar

TATUni transformatsiya qilish, muhandislik maktablarini joriy qilish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan hamda dual ta’limni joriy etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Menu | 13-07-2024 | 09:51

Shu maqsadda, soʻnggi 30 yil ichida dunyoning 105 ga yaqin mamlakatlari hukumatlari va universitetlarida transformatsiya jarayonlari uchun maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan oliy taʼlim boʻyicha global ekspert – Dr.Jamil Salmi bilan muhokama o‘tkazildi.

ERASMUS+ dasturi DEBSEUz loyihasining uchinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Menu | 09-07-2024 | 11:03

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston quyosh energetikasi sari ildam qadamlar bilan bormoqda. Olib borilayotgan islohotlarning natijasi o‘laroq Respublika energetika quvvatida quyosh energetikasining ulushi ortib bormoqda. Shu o‘rinda 3-iyul 2024 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti boshchiligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Po

TATUga "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich hamda O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li tashrif buyurdi.

Menu | 09-07-2024 | 09:07

Tashrif davomida universitetda "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda "Muhandislik maktabi"ni tashkil etish bo'yicha muhokama o'tkazildi.

💻 Joriy yilning 6-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU vakillari — kafedralar, boshqarmalar rahbarlari, prorektorlar, rektor boshchiligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Muhandislik maktabi laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.

Menu | 08-07-2024 | 09:58

Universitet vakillari mazkur maktabda tashkil etilgan 6 va 10 oylik malaka oshirish kurslari, unda soha mutaxassislari qaysi yo‘nalishlarda va qanday texnikalarda malaka oshirayotgani, shuningdek, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

Menu | 08-07-2024 | 09:55

✅ Ushbu dasturga O'zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg'oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.