Yangiliklar

“Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston pochtasi AJ “Xalqaro pochtamt” filialiga tashrifi amalga oshirildi.

Menu | 15-10-2024 | 09:50

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, birinchi tomondan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan soha korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, ikkinchi tomondan talabalarda amaliyot ko‘nikmalarini hosil qilishlari uchun sharoit yaratib berish, ularni ishlab chiqarish yangiliklari, pochta aloqasi korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish edi.

TATU talabalari “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqasida sovrindor bo'lishdi.

Menu | 12-10-2024 | 10:22

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqalarida “Blue team” va “Red team” yo‘nalishlaridagi har birida 5 nafargacha ishtirokchi mavjud jamoalarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari munosib qatnashishdi va quyidagi natijalarga erishishdi:

TATUda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging” shiori ostida talaba qizlarni ilmga yunaltirishni targ‘ib qilishni maqsad qilib “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ochiq suhbat tashkillashtirildi.

Menu | 12-10-2024 | 10:14

Suhbatda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat yuritayotgan yosh olima ayollar o‘zlarining ilm yo’llari borasida atroflicha ma’lumotlarni taqdim qildilar. Ochiq muloqot sermazmun va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

"Butunjahon kosmos haftaligi" doirasida "O‘zbekkosmos" va "NASA" agentliklari hamkorligida yirik hakaton tadbiri o‘tkazildi.

Menu | 12-10-2024 | 10:11

Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo'lingan holda NASA tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu boʼyicha oʼzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi.

Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Menu | 10-10-2024 | 10:19

Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.