Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgʼor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida universitetning 20 nafar professor-
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xalqaro tajribaga muvofiq takomillashtirilgan indikatorlar asosida joriy yilning fevral-iyun oylarida respublikaning 57 ta oliy taʼlim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2019-yil 1-yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi. Quvonarlisi shundaki, ushbu reytingda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 57 ta oliy taʼlim muassasalari reytingida eng yuqori oʻrinlardan birini-4 oʻrinni egallagan (Oldingi reyting natijalariga nisbatan 6 pogʻona yuqoriladi).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalar yordamida modernizatsiyalash” ERASMUS loyihasi uchun kompyuterlar, noutbuklar va proektorlarni etkazib beruvchini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi qoshidagi Mirzo Ulugʼbek Innovatsiya markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shaxridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy yilning avgust-sentyabrь oylarida “Itwomenuz – xotin-qizlar innovatsion oyligi” oʼtkazilmoqda.
Joriy yilning 1-avgust kuni Minsk shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarusь Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenko rahbarligida boʼlib oʼtgan muzokaralarda ikki davlat oʼrtasida taʼlim hujjatlarini oʼzaro tan olish boʼyicha bitim imzolandi. Ushbu Bitimning imzolanishi ikki davlat oʼrtasida kelgusida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi, qolaversa, oʼzbek va belarus xalqlarining oʼzaro hamjihatligi va doʼstligining mustahkamlanishiga hissa qoʼshadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bitiruvchi talaba-yoshlarga diplom topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.