Uchrashuvda Sukuba universiteti va TATU bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashda Sukuba universiteti tajribasini qo'llash, bunda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish va Yaponiya mutaxassislarini TATUga jalb etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.
Ushbu laboratoriya zamonaviy texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda amaliyotchilar uchun yotoqxona ham tashkil etilgan.
Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
29-oktyabr kuni "Правда востока" gazetasining 219 (30528) - sonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamovning "Инженерные школы - будущее системы высшего образования Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.
Tinglovchilar “Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari” mavzularida master-klass masg'ulotlarida qatnashdilar.
Ushbu tashrif doirasida kiberxavfsizlik bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.