TTJda yashovchi talaba-qizlar bilan o‘tkazilgan psixologik treningning asosiy mazmuni keskinlikni bartaraf etish va jamoani birlashtirish, oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan psixotexnik mashqlardan tarkib topdi. Mashg‘ulotnining maqsadi, talabalarga oʻzlarining kuchli jihatlarini yaxshiroq anglashga, oʻz-oʻzini hurmat qilishni rivojlantirishga, ishonchsizlik va qoʻrquvni yengishga yordam berish, shu bilan bir qatorda, faoliyat davomida oʻzining xatti-harakatlarini muvaffaqiyatli tarzda toʻliq angl
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiliuvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha “Giyohvandlik-umr zavoli” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchigida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqada.
Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.
2024-yilning 24-sentyabr kuni soat 15:00da, Toshkent shahri Olmazor tumanining Yoshlar ittifoqi saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi YUBILEY mavsumining saralash bosqichi festivali bo‘lib o‘tadi.
Loyiha rejasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida loyiha doirasida shu yilning 20-21 sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida “Staff training in solar energy: technologies, methods and tools” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiya O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlardan quyosh energetikasi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega, yuqori ilmiy tadqiqot natijalariga erishgan yetuk olimlarni ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechim