Tashrifdan asosiy maqsad universitetlar o'rtasida tuzilgan kelishuvlarni bajarilishi va yangi kelishuvlar tuzishdan iborat. Shuningdek, Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda umumiy qo'shma loyiha tayyorlash kelishib olinib, birlamchi fikrlar o'rganib chiqildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Zaynetdinov Marsel Ruslanovich sportning suvga sakrash turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.
Shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shish hamda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlarimiz uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Talabalar turar joyi binosida qayta ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
IT Park Ўзбекистон АКТ вазирлиги кўмагида ишга туширилган дастур билан IT-мутахассисларга халқаро сертификат олишга сарфланадиган маблағнинг 50 фоизигача компенсация олиш имкони берилади. Компенсация пулини халқаро IT-сертификатларини олган 14 ёшдан 30 ёшгача бўлган Ўзбекистон фуқаролари қўлга киритиши мумкин.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi Xamrayev Akmal O'ktam o'g'li Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkazilgan sportning Yunon-rum kurashi U15 va U20 Osiyo chempionatida faxrli 3-o'rinni hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqasida faxrli 1-o'rinni egallab O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'tardi.
Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning masofadan turib taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli oʻquv resurslari yaratilishi va mavjud barcha oʻquv materiallarini masofaviy taʼlim platformalariga joylashtirib borishi, virtual muhitda ishlashni yaxshilash uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari” kurslari yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.