Yangiliklar

TATUning professor-oʼqituvchilari “Repost” - talabalar media-festivalida ishtirok etishdi

01-11-2019 | 10:14

Joriy yilning 31-oktabr va 1-nayabr kunlari Rossiya Federatsiyasining M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan “Repost” - talabalar media-festivali boʼlib oʼtdi. Talabalar media-festivalidan koʼzlangan maqsad - yosh, iste'dodli talabalarning media sohasidagi ijodiy ishlarini qo'llab – quvvatlashga hamda talabalar orasida kommunikativ aloqalarni rivojlantirish va talaba-yoshlar tajriba almashish uchun yagona axborot muhitini yaratish hisoblanadi.

Mo'ynoqda "Future Muynak" IT markazi ochildi

01-11-2019 | 07:25

Mo'ynoq tumanida O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining tashabbusi asosida "Future Muynak" IT markazi va Book cafe ob'ektlari foydalanishga topshirildi. Bu haqida TATU Nukus filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Talabalar diqqatiga!

01-11-2019 | 03:43

Oliy ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya universitetlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va oliy ta’limda kreativ tadbirkorlik va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2019-2020 yillarda “Creative Spark” dasturida ishtirok etish uchun talabalar qabuli e’lon qilinadi.

Profеssor-o‘qituvchilar diqqatiga!

31-10-2019 | 09:42

Sizni Sherboboeva Gulrux Baxtiyorovnaning 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Multiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlarining samaradorligini tadqiq qilishning neyro-noravshan modellari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.

TATU professor-o'qituvchilari Daniyaning Kopengagen shahrida o'quv-treningda ishtirok etishmoqda

30-10-2019 | 13:27

2019-yil 28-31oktyabr kunlari Daniyaning Kopengagen shahrida joylashgan Olborg universitetida Erasmus+ dasturi doirasida ITEM loyihasi bo’yicha o’quv-treningi bo’lib o’tmoqda.

TATUda uchinchi tashabbus ijrosi yuzasidan maktab o'quvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

30-10-2019 | 11:19

30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning uchinchi yo’nalishi – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan mavzu yuzasidan Yunusabod tumanidagi 86-,63-, 240-, 123-maktab o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.