Yangiliklar

TATUga Xitoyning yetakchi Xidian Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Menu | 27-08-2024 | 16:03

Uchrashuvda Xitoyning Xidian universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida akademik va ilmiy almashinuvlar, qoʻshma taʼlim dasturlarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi

Menu | 24-08-2024 | 09:06

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili

TATUga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

Menu | 23-08-2024 | 09:18

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

“Seeds for the Future 2024” dasturining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Menu | 19-08-2024 | 09:42

Joriy yilning 16-avgust kuni “Seeds for the future” tadbirning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning  14 davlatidan 150 nafar talabalari qatorida TATU talabalari ham ishtirok etdi. Shuningdek, eng so‘nggi AKT texnologiyalarini qo‘llash orqali ijtimoiy muammolarni hal qila oladigan g‘oyalarga ega yoshlarga qaratilgan loyihalar, hususan, “Tech4Good” mintaqaviy tanlovi g'oliblari ham munosib taqdirlandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Menu | 14-08-2024 | 15:31

Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.

Menu | 14-08-2024 | 15:24

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan 2024-yil 16-avgust kuni soat 19:00da Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.