Yangiliklar

TATUga Yaponiyaning Sukuba universiteti vitse prezidenti professor Yasushi Nakauchi tashrif buyurdi.

Menu | 31-10-2024 | 09:55

Uchrashuvda Sukuba universiteti va TATU bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashda Sukuba universiteti tajribasini qo'llash, bunda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish va Yaponiya mutaxassislarini TATUga jalb etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” ochildi.

Menu | 31-10-2024 | 09:51

Ushbu laboratoriya zamonaviy texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda amaliyotchilar uchun yotoqxona ham tashkil etilgan.

28-oktyabr kuni TATUga Shvetsiyaning “DanAds” kompaniyasining Farid Hafsia - CTO (chief technology officer) boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 29-10-2024 | 15:49

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

29-oktyabr kuni "Правда востока" gazetasining 219 (30528) - sonida TATU rektori B.Maxkamovning "Инженерные школы - будущее системы высшего образования Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.

Menu | 29-10-2024 | 11:09

29-oktyabr kuni "Правда востока" gazetasining 219 (30528) - sonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamovning "Инженерные школы - будущее системы высшего образования Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.

TATU professor-oʻqituvchilari tomonidan  Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan, hozirgi kunda joylarda rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelayotgan 48 nafar magistratura tinglovchilari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Menu | 29-10-2024 | 11:05

Tinglovchilar “Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari” mavzularida master-klass masg‘ulotlarida qatnashdilar.

Paleyev Dmitriy boshchiligida ONESEC kompaniyasi universitetimizga tashrif buyurdi.

Menu | 29-10-2024 | 10:51

Ushbu tashrif doirasida kiberxavfsizlik bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.