Yangiliklar

TATU professori “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi!

07-03-2020 | 16:26

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-martdagi muvofiq, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi professori Beknazarova Saida Safibullayevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi!

TATUda “8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbir tashkil etildi

06-03-2020 | 17:58

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda TATU rektori T.Teshabayev universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.

TATUda “Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari - SPACECOM ” ERASMUS+ loyihasining birinchi seminar-uchrashuvi boʼlib oʼtdi

04-03-2020 | 11:58

2020 yilning 3-5 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) “New study program in space systems and communications engineering / SPACECOM” ERASMUS+ loyihasi doirasida birinchi seminar-uchrashuvi o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda TATU raxbariyati, OO‘MTV vakillar, loyiha ishtirokchilari, loyiha bo‘yicha qiziquvchilar ishtirok etishadi. Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasining maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqishlari mumkin. O‘z navbatida tadbir

Shoira Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi nishonlandi

03-03-2020 | 09:53

Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida “Bolalar nashriyoti” muharriri, “Oʻzbekiston davlat nashriyoti” bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida ushbu jurnalning

TATUDA "YOSH OLIMLARNI TAYYORLASHDA CHET TILLARI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING ROLI" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BOʼLIB OʼTDI

03-03-2020 | 09:20

24-25 fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Yosh olimlarni tayyorlashda chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

TATU VA SANOAT TEXNOLOGIYALARI YUQORI INSTITUTI OʻRTASIDA “BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINI TATBIQ ETISH” BOʻYICHA LOYIHALAR QILISH KELISHIB OLINDI

03-03-2020 | 09:17

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga joriy yilning 25-26-fevralida Yaponiyaning Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti professor-oʻqituvchilari tashrif buyurdi.