Seminar-treningda professor-o'qituvchilar, doktorant-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar qatnashib, sun'iy intellektda bilimlar bazasini boshqarish, tibbiyotda sun'iy intellekt ilovalarini ishlab chiqishda yangi texnologiyalar, Industry 4.0, Society 5.0 da sun'iy intellektning o'rni kabi mavzularga oid muhokamada qatnashdilar.
Lahor universiteti tomonidan O'zbekistonlik talabalar uchun turli darajadagi dasturlar bo'yicha 5 o'rinli stipendiyalar ajratilgan.
Uchrashuvda taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi oromgoh, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash masalalari muhokama qilindi.
Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Koreya Respublikasining Kookmin universitetida “Nеw Uzbеkistan: from thе Silk Road to the Digital World” – O‘zbеkiston salohiyati ko‘rgazmasi TATU tomonidan tashkillashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.
Universitet talabalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi universitetlarida xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, grantlar, stipendiyalar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Kelgusi o‘quv faoliyatini chet elda davom ettirishni xohlovchi talabalarning Yaponiyadagi talabalik hayoti bilan bog‘liq barcha savollarga vakillar tomonidan to‘liq javoblar berildi.