Yangiliklar

TATU va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari 2024-yilning 4-sentyabr kuni TATU'ning E o'quv binosida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Menu | 30-08-2024 | 10:09

Imtihon matematika fanidan, qabul komissiyasining maxsus ishchi guruhi tomonidan o'tkaziladi. O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport) olib kelishingiz so'raladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligida inklyuzivlik va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

Menu | 30-08-2024 | 10:03

Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan nogironligi bo’lgan shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan kvotalarning barchasiga nogironligi bo’lgan shaxslar ishga qabul qilindi. Eslatib o’tamiz, hozirgi kunda Universitetda nogironligi bo’lgan shaxslar ish faoliyatini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 321-son buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

Menu | 29-08-2024 | 09:36

Vazirlikning Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Odinayev Dilshodjon Shavkatovich Universitetda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Xususan: o‘quv auditoriyalar, laboratoriya xonalari, Oliy muhandislik maktabining laboratoriya komplekslari, yotoqxonalar, sport zallari, inkubatsiya markazi, axborot-resurs markazi, isitish uzellari va qozonxonalar, obodonlashtirish va “Yashil hudud” lar, shuningdek, Universitet huzuridagi akademik litseyning yangi o‘quv yiliga tayyorli

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim sirtqi shakli uchun suhbat jarayonlari boshlandi.

Menu | 29-08-2024 | 09:33

Suhbat jarayonlari joriy yilning 28-29-avgust kunlari Universitetning D-binosida otkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida joriy yilning 26-27-avgust kunlari Respublika miqyosida “Dron-reysing” hamda “Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish” bo‘yicha amaliy musobaqa tashkil etildi va TATU terma jamoalari faol ishtirok etishdi.

Menu | 29-08-2024 | 09:29

“Dron-reysing” musobaqasida Z.Qodirov murabbiyligidagi "DRONCHI" jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab respublikada yetakchilikni qo'lga oldi va g'oliblik kubogi sohibi bo’ldi.

Xalqaro hamkorlik doirasida hakaton va start up loyihalar namoyishi boshlandi.

Menu | 28-08-2024 | 09:44

Xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining tajribalarini o'rganish va o’zaro tajriba almashish maqsadida TATU va Janubiy  Koreyaning Kookmin universiteti talabalari o'rtasida KOICA loyihasining Design Thinking & Digital Transformation xakatoni va Living Lab StartUp xakatoniga start berildi.