Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

  • Home
  • Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori:

Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich

Qabul vaqti: Dushanba - Juma (15:00-18:00)
Telefon: (+99871) 238-65-85

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining ta’1im va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirishni tashkil etish;

OTMda Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni  ta’minlash;

yuqori tashkilotlarning buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha ijtimoiy majburijatni olishi, OTM Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari ijrosini tashkil etish;

talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar
(IIV, Milliy gvardiya Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va nuroniylarni
qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;

moddiy jihatdan kam ta’minlangan, mahalliy hokimiyatlarda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ro‘yxatga olingan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Mehr daftari”ga kiruvchi, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish;

talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari,   mahallalardagi   Yoshlar yetakchilari bilan fakultetlarning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish va nazorat qilish.

OTM sport-sog‘lomlashtirish, maishiy  xizmat,  ovqatlanish,  dam  olish,  madaniy  hordiq  chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat qilish.

OTM ga biriktirilgan MFY va maktablar bilan hamkorlikda ma’naviy -ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, sport musobaqalarini uyushtirish, iqtidorli yoshlarni o‘z qiziqishlari bo‘yicha sohaga yo‘naltirish;

OTM professror-o‘qituvchilarining “Bir mahallaga – bir ziyoli ma’naviy homiy” tamoyili asosida joylarda aholi bilan suhbatlar uyushtirish;  

Fakultet va kafedralarning yirik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchi va tyutorlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini baholashni amalga oshirish;

Sohada uzoq vaqt faoliyat yuritgan tabarruk, fidoyi insonlar bilan talaba-yoshlarning uchrashuvlarini tashkil etish;

yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir, yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni OTMning ma’naviy- ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;

iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va yoshlar orasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli davlat stipendiyalari sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

OTM “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar,
professor-o‘qituvchi hamda xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;

yoshlar yetakchilari va “Talabalar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtirish, yoshlar muammolari va takliflari yuzasidan rektorga ma’lumot kiritish;

OTM tarkibiy tuzilmalariga yo‘nalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha rektorga taqdimnoma kiritish;

OTM “Ma’naviyat va ma’rifat kengashi” hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini   muvofiqlashtirish bo‘yicha rektorga takliflar berish;

OTMda professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga qabul qilishda bevosita ishtirok etish;

OTM tyutorligiga munosib nomzodlarni taqdim etish va ularni ishga qabul qilish hamda lavozimidan  ozod etishda o‘z takliflari bilan ishtirok etish;

OTM ma’naviy-ma’rifıy ishlarida faollik ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustama va rag‘bat1antirish choralari, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan ustamalarni bekor qilish yuzasidan rektorga takliflar kiritish;

talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;

talabalarning o‘qishdan chetlashtirish holatlarini o‘rganish, taklif berish va muhokama qilish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’ iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy- ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishni tashkil etish, OTM da 5 muhim tashabbusni amalga oshirish;

OTMda talabalar turar joylariga talabalarni joylashtirish bo‘yicha komissiya raisi sifatida uning tarkibiga fakultet dekanlari, Yoshlar yetakchisi, OTM Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, talabalar turar joylari direksiya rahbarlarining a’zoligini ta’minlash;

OTM talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar ehtiyojiga har tomonlama javob beruvchi sharoitlarni muntazam nazorat qilish, turli uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etilishini muvofiqlashtirish;

ijarada, yaqin qarindoshlari va o‘z xonadonida yashovchi talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish hamda nazorat qilish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifıy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini OTM jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlar bajarilishini ta’minlash;