Tibbiyot xizmati

  • Home
  • Tibbiyot xizmati

Oliy toifali hamshira:

Karimova Zuxra Kamildjanovna

Qabul vaqti: Dushanba-shanba 
Telefon: +998 93 072 99 47

Universitet tibbiyot bo‘limi

Universitet tibbiyot bo‘limi talabalar, professor o‘qituvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish va meditsina xizmatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tibbiyot markazida, tibbiy birlashmalarda har yili o‘z malakalarini oshirib, bemorlarga yordam ko‘rsatadilar.

Manzil: Toshkent shaxar, Amir Temur ko‘chasi, 108A uy, 1-qavat.

 

 

56-oilaviy poliklinika:

56- oilaviy poliklinika  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining  asosiy meditsina xizmatlarini ko‘rsatadigan tibbiyot birlashmasi hisoblanadi. 56-oilaviy poliklinika Universitet  talabalari, professor o‘qituvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish  va  meditsina xizmatlarini ko‘rsatadi. 

Poliklinikada klinik-biokimyoviy, bakteriologik laboratoriyalarda, shuningdek, inson virusli kasalliklarining noyob laboratoriyasida laborator-diagnostika usullarini qo‘llab turli tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashgan yordam ko‘rsatiladi.

Poliklinika rentgenologik, funksional, ultratovush va boshqa tekshiruvlarini o‘tkazish uchun zamonaviy diagnostika uskunalari va uskunalari bilan jihozlangan. Poliklinika shifokorlari va  tibbiy xodimlari  maslahat, davolash, tahlil olish testlarini o‘tkazadilar.

Ayni paytda poliklinika zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan davolash-profilaktika muassasasidir, unda o‘z ishiga bag‘ishlangan yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi.

 

Manzil: Toshkent shaxar, Yunusobod tumani, 2-tor, Qozitarnov ko‘chasi, 9.

 

 

Xamshiralik ishiga birinchi asos solgan inson Florens Naytengeyl bo‘lib, u Florensiyada 1820 yilda boy oilada tug‘iladi. Uning otasi Florens Naytengeylni xamshira bo‘lishiga juda qarshi edi. Lekin shunga qaramay u o‘zi sevgan xamshiralik ishi bo‘yicha ma’lumot oladi.U o‘z bemorlariga yaxshi qarab, shirin so‘zlab, ularni ruxini ko‘tarishi lozimligini anglab etadi va shunga amal qiladi. U bemorlarni shaxsiy ishlarini xam xisobga olar edi. Florens Naytengeyl shunday deb aytgan.

Tibbiyot xamshirasi 3 xil yo‘nalishdagi malakagaega bo‘lishi lozim:

  • Ilmiy- kasallik mohiyatini bilish.
  • Qalb – bemorni tushunish va eshita bilish.
  • Texnik – bemorni parvarish qilish.

Xamshiralik ishini maqsadi 4 xil bo‘lib:

  • Bemorlarning shaxsiy ishlari va xayotidagi ishlari bilan ish olib borish.
  • Xamshiralik ishini olib boruvchi shaxs , xar tomonlama fikirlovchi va qilayotgan maqsadini bilish.
  • Ishini mukammallashtirish .(o‘qituvchi yoki menedjer)
  • Bemorning sharoitiga qarab fikr tutish

Bu inson, oila, jamiyatning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy extiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ilmiy asoslangan va amaliyotda bajariladigan bemorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarakatlar yig‘indisidir.