Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining "ZTE" universiteti bilan anglashuv memorandumini imzoladi.
Ushbu memorandumga ko‘ra universitetlar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. So‘ngra, universitetlarni tanishtirish bo‘yicha taqdimotlar qilindi, universitet tarixi, bugungi ko‘rsatkichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha har ikkala universitetning imkoniyatlari o‘rganildi.