Announcement for students!

  • Home
  • Announcement for students!
Hurmatli talabalar!
2016-2017-o’quv yilida jami viloyatlik talabalar soni 3902 nafarni tashkil etadi. Shundan, 3183 nafari talabalar turar joyiga muhtoj bo’lib, ulardan 1600 nafari universitetning 1600 o’rinli 3 ta talabalar turar joyida istiqomat qilmoqda. Qolgan 1583 nafari talabalar turar joyiga muhtoj bo’lib, ulardan haqli ravishda e’tirozlar bildirilmoqda.
Shu munosabat bilan, talabalar turar joyiga muhtoj bo’lgan viloyatlik talabalar uchun hozirgi kunda, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan talabalar turar joyini kengaytirish va talabalar turar joyiga bo’lgan ehtiyojni qoplash maqsadida qo’shimcha bino olish masalasi yuzasidan zarur choralar ko’rilayotganligini ma’lum qilamiz.
Bu esa o’z navbatida, kelgusida viloyatlik talabalarni qo’shimcha turar joy bilan ta’minlash imkoniyati yaratadi.
Shu bilan birga, talabalar turar joyiga juda ehtiyoji mavjud bo’lgan viloyatlik talabalar ariza bilan TATUning rahbariyatiga murojaat qilishingizni so’raymiz. Ushbu holatda, universitet rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida bo’shaydigan joylarga joylashtirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.