Malumki, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyat va an’analarimizga nisbatan hurmatni yanada kuchaytirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish va Muhtaram Prezidentimizning 5 ta tashabbusining to‘rtinchi tashabbusi doirasida qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shulardan biri sifatida, TATU “Kompyuter injiniringi” va “AKT sohasida kasbiy talim” fakultetlari tomonidan Bektemir tuman “Iqbol” mahallasiga 300 dan ortiq turli mavzulardagi kitoblar sovg‘a qilindi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida fakultetlar dekanlari tomonidan bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan mahalla yoshlarining ta’lim olishiga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib, kitob - tafakkur, ma’naviyat, axloq va tarbiya manbai ekanligi, uning inson kamoloti yo‘lida tutgan o‘rni haqida fikr yuritildi.