Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektorlari, professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari bilan birgalikda daraxt ekish ishlarini amalga oshirishdi.