Joriy yilning 17-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning "Yamakashi Gakuin" ta’lim korporatsiyasi va uning hamkor delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Ansaro universiteti va uning istiqboldagi mahalliy hamkorlari masalalarini muhokama qilish.
Bundan tashqari masofaviy ta’limning virtual borliq orqali taqdim etiluvchi platformasining taqdimoti ham muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishdagi hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.