“Xotira aziz – qadr muqaddas”

  • Home
  • “Xotira aziz – qadr muqaddas”

5 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may – "Aloqachilar kuni” hamda 9-may – "Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlab, "Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.

Xotira shunday ruhiy-ma’naviy qudrat-ki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotira tiniqligi – tuyg‘ular tiniqligi, xotira yorqinligi – ruh yorqinligi, xotira tozaligi – hayot tozaligi, o‘ylar, orzu-maqsadlar, intilishlar pokizaligidir. "Xotira va qadrlash kuni” milliy urf-odatlarimizga mos holda marhumlarni yod etish, tiriklarga sevinch ulashish kabi qadriyatlar qatoridan joy oldi.

O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Universitetda ko‘p yillar davomida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar va hozirda faoliyat yuritayotgan faxriy ustozlarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz.

Bu borada Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ko‘p yillar davomida mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan faxriylarimizni yodga olmasdan ilojimiz yo‘q. Ular qatorida Anvar Islomov, Faradey Abutaliev, Rishad Sunselelev, Maxkam Kamolov, Majidullo Aripov, Marat Zaxidov, Erkin Nuriddinov, Xabib Tursunov, Mansur Ismailov, Maxmud Xaliulin, Mixail Astaxov, Nikolay Likontsev, Nikolay Vaulin, Maqsud Zuparov, Abdulla Abdunabiev, Shodmon Nazirov, Toxir Gaipnazarov, Amanjan Abduazizov kabi fidoiy insonlar xotirasi oldida bosh egamiz.

Tadbirda ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan baynalminalchi faxriylar va mehnat fronti faxriylari Sataev Jamaliddin Abdumo‘minovich, Yusubaliev Savron Sarmanovich, front ortida mehnat qilgan faxriylar: Muslimov Sher Yuldashevich, Pojitnыx Mariya Alekseevna, Djumanov Jamoljon Xudoyqulovichlarga 400.000 mingdan mukofot puli va esdalik sovg‘alari, hamda universitetda ko‘p yillar davomida mehnat qilayotgan 29 nafar professor-o‘qituvchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Tadbirga universitetda mehnat qilib hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar ham taklif etildi.

Tadbir davomida el suygan shoirlar Omon Matjon, Muxammad Ismoil, O‘zbekiston xalq artisti Axmadjon Dadaev va universitet badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. Tadbirdan so‘ng, "Bir piyola choy ustida...” bayram dasturxoni yozilib, barcha bayram qatnashchilari, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlariga osh tarqatildi. 

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

 

“Xotira aziz – qadr muqaddas”