Ko‘hna Xorazmga tashrif

  • Home
  • Ko‘hna Xorazmga tashrif
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shaxrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 23 noyabrdagi 939-son qarori ijrosi yuzasidan, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning Xorazm viloyatiga tashriflari uyushtirilmoqda.
28 noyabr – 3 dekabr kunlari 30 nafar universitet ishchi-xodimlarining tarixiy Xorazm shahriga tashrifi ularning hayotida o‘chmas iz qoldiradigan lahzalarga boy bo‘ldi. “Ayniqsa, shaharning Ichan qal’a me’moriy obidasini ko‘rganimda yurtimning naqadar tarixiy boy madaniyatga ega ekanligini, ajdodlarimizning aql-idroki baland bo‘lganligini yana bir bor tuydim va bundan g‘ururlandim”, deb eslaydi Nigora Ashirqulova.
Eslatib o‘tamiz, universitet tomonidan joriy yilning dekabr oyi davomida 110 nafar o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning Xorazmga ekskursiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.