Xiva shahriga sayohat uyushtirildi

  • Home
  • Xiva shahriga sayohat uyushtirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan universitet xodimlari va professor-o'qituvchilarga ko'hna Xiva shahriga sayohat uyushtirildi

Professor-o'qituvchilar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy ob’ektlari va qadimiy yodgorliklarni yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qadimiy Xivaning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.