Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  va Xitoyning nufuzli Sian universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  va Xitoyning nufuzli Sian universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  va Xitoyning nufuzli Sian universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat tashrifi doriasida Xalqaro QS va THE reytinglarda yuqori o‘rinlarda qayd etilgan Xitoyning nufuzli Sian Universiteti (Xi’an Jiaotong University (XJTU)) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Tashrif davomida Sian universiteti prezidenti Van Shugo va TATU rektori o‘rtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Bunda tomonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Sian universiteti bilan tadqiqotchi va doktorantlar uchun stajirovka hamda amaliyot dasturlarini yoʼlga qoʼyish, xalqaro loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, “Sunʼiy intellekt” va “Kiberxavfsizlik” yoʼnalishlarida qoʼshma taʼlim dasturlarini tashkil etish hamda talabalarning akademik mobilligini taʼmilash boʼyicha hamkorlik  kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Universitetlarda tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishda sanoat-universitet-tadqiqot hamkorligini yanada rivojlantirish, zamonaviy sanoat va kelajak texnologiyalari hamda xalqaro birlashgan laboratoriyalarini tashkil etishga kelishib oldilar. Bundan tashqari Sian universitetining ilmiy tadqiqot laboratoriyalari hamda markazlarini TАTUdagi mavjud laboratoriyalarga transformatsiyasi muhokama etildi.

Hamkorlikda belgilangan ishlar yuzasidan joriy yilda TATUda tashkil etiladigan ICISCT xalqaro konferensiyaga hamkor universitetning olimlar jamoasi taklif qilindi. Universitetlar oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va uni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etilishi hamda shu yoʼnalishda hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: Sian universiteti - Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi tasarrufidagi yetakchi hamda eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi. Sian universiteti 1896-yilda tashkil topgan. Mazkur yirik universitet barcha akademik dasturlarni oʼz ichiga oluvchi 20 ta taʼlim va tadqiqot maktablaridan tashkil topgan. Universitetda beshta asosiy davlat laboratoriyalari hamda toʼrtta maxsus ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar shuningdek, ikkita muhandislik markazi mavjud. Universitetda 48,300 dan ortiq talabalar (shu jumladan, 2,100 ga yaqin xorijiy talabalar) va 3960 dan ortiq professor-oʼqituvchilar va xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu universitet dunyo universitetlari ichida xalqaro QS reytingida 302 va THE reytingida 501-600 oʼrinda qayd etilgan.