Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an shahrida III “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

  • Home
  • Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an shahrida III “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an shahrida III “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🏛 Forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

🌍 Mazkur xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro salohiyatini namoyish etish, xorijiy talabalarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga keng jalb qilish hamda ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Ko‘rgazmada TATUning zamonaviy ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xalqaro almashinuv loyihalari va xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari xorijiy hamkorlar hamda talaba-yoshlarga taqdim etilmoqda.

☑️ TATUning xalqaro maydondagi faol ishtiroki universitetning global ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.