“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi hamda  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Home
  • “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi hamda  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 4-iyun kuni universitetimizga “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi  rahbariyati tashrif buyurdi. Tashrif davomida sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish, xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan muayyan yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, Xalqaro miqyosdagi ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

“Xavfsiz shahar” markazi direktori U.Kulanov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun zamonaviy tarzda jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishdi, shuningdek, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarni ishga jalb qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi hamda undan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar Markazga ishga taklif qilindi.

🖋 Tashrif so‘ngida o‘zaro hamkorlikda ilmiy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, sohaga oid qo‘llanma, mobil ilovalar ishlab chiqish, tadqiqot va loyihalar ustida izlanishlar olib borishga kelishildi.