Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan kutubxona fondi boyitildi

  • Home
  • Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan kutubxona fondi boyitildi

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talaba-yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi tashabbus amalga oshirildi.

✅Tadbir doirasida universitet kutubxonasi fondiga talabalarning o‘qish madaniyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

📚Ushbu kitoblar zamonaviy o‘zbek va jahon adabiyotining turli yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, talaba-yoshlar uchun qo‘shimcha bilim manbai sifatida xizmat qiladi.

🇺🇿 Yoshlar ittifoqining ushbu tashabbusi talabalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.

❗️Barcha talaba-yoshlarni kutubxonaga tashrif buyurib, yangi adabiyotlar bilan tanishib chiqishga taklif etamiz.