O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 5-aprel kuni o‘tkazilgan Xalq ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahrida joylashgan jami 61 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga biriktirildi. Bundan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish maqsadi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 19-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.S.Yaxshibayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahri xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Boyovut tuman xalq ta’limi bo‘limida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.S.Yaxshibayev yaqindan suhbat qurib, biriktirilgan maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning kasbiy ehtiyojini aniqlash, o‘qituvchilarni darsini tahlil qilish, o‘qituvchilar uchun master klasslar o‘tkazish hamda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar, sport, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etish muhokama qilindi.
Suhbat davomida maktab direktorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarini berib o'tdilar.