WORLD EDU 2026: xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida TATU jamoasi ishtirok etmoqda

  • Home
  • WORLD EDU 2026: xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida TATU jamoasi ishtirok etmoqda

 

 

WORLD EDU 2026: xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida TATU jamoasi ishtirok etmoqda

Samarqand viloyati, Jomboy tumanida joylashgan SOF EXPO Samarkand majmuasida WORLD EDU 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi va forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar uchun ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Ko‘rgazma davomida:
• turli kompaniya va tashkilotlar tomonidan ish va amaliyot imkoniyatlari taqdim etildi;
• talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatildi.

Mazkur tadbir yoshlarning kasbiy rivojlanishida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.