Universitetimizga TATUning xalqaro strategik hamkori hisoblangan Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha Vitse-Prezidenti Kim Byoung Joon tashrif buyurdi.

  • Home
  • Universitetimizga TATUning xalqaro strategik hamkori hisoblangan Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha Vitse-Prezidenti Kim Byoung Joon tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining muhim qismi bo‘lgan "FabLab" ilmiy-amaliy innovatsion laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu laboratoriyani zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash va loyiha doirasida TATUda tashkil etilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hamkorlikni keyingi bosqichga olib chiqish yo‘lida dunyoning 50dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib kelayotgan KT&G kompaniyasida TATU talabalarining amaliyot o‘tashini tashkil etishga erishish va sog‘liqni saqlash, ta’lim, gender tengligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda sportning rolini oshirishga qaratilgan "Olympic council of Asia Graduate school of sustanibility and ESG" OTMida TATU bitiruvchilari uchun grant ajratishga kelishildi.