Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro nufuzli reytinglarda yetakchi o’rinlarda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining Beijing university of civil engineering and architecture (BUCEA)ga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Zhang Dayu bilan ushrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida xalqaro taʼlim loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilmiy xodimlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun BUCEAda malaka oshirish, qisqa muddatli stajirovka hamda akademik almashinuv kabi yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, tashrif davomida, universitetlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, BUCEA tomonidan asos solingan “Belt and Road Architectural University International Consortium” (BRAUIC) xalqaro konsortsiumga a’zo bo‘lish, ushbu dastur doirasida talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish hamda talabalarga grant dasturlari orqali o‘qishlarini BUCEAda davom ettirishga imkoniyat yaratish masalalari muhokama qilindi.