


⭐ 2026-yil 26-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy kengaytirilgan Universitet Kengashi yig‘ilishi doirasida professor-o‘qituvchilar, talabalar va jamoa a’zolarining yutuqlari e’tirof etildi:
🌐 Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida o‘tkazilgan “Huawei ICT Competition 2025–2026 Global Final” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan universitet vakillari taqdirlandi;
🥇 Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti Qodirov Azamat Almat o‘g‘li — “Network Track” yo‘nalishida jamoa instruktori sifatida ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
🥇 Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo‘ramirzayev Islomjon hamda AKT sohasida Iqtisodiyot va Menejment fakulteti talabasi Boborajabov Muhammad Sodiq — “Network Track” yo‘nalishida jamoa ishtirokchilari sifatida faxrli 1-o‘rinni egalladi;
🥉 Kiberxavfsizlik fakulteti magistranti Hafizov Shukrullo — “Cloud Track” yo‘nalishida ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
🏆 Shuningdek, “TUIT Uzbekistan” jamoasi “Kiberdrom.Student” xalqaro musobaqasining grand-final bosqichida yuqori natijalarni qayd etdi;
🥇 “Muhandislik kreativi” nominatsiyasi mutlaq g‘olibi;
🥈 “Dron-Kvadrosim” simulyator poygasi yo‘nalishida 2-o‘rin;
🥉 Xalqaro jamoalar o‘rtasida 3-o‘rin.
🎓 OAK tomonidan ilmiy daraja diplomlari va ilmiy unvon attestatlari quyidagi professor-o‘qituvchilarga topshirildi:
🟢 Sherzod G‘ulomov
🟢 Furqat Raxmatov
🟢 Nafisa Jo‘rayeva
🟢 Natalya Amurova
🟢 Ma’rufjon Asfandiyorov
🟢 Durdona Madraximova
🟢 Oybek Primqulov
🟢 Bobomurod Tojiboev
🟢 Xudoyorxon Jamolov
🟢 Farrux Saidov
🟢 Xabibullo Salibayev
🟢 Kerimberdi Igamberdiyev
🟢 Sherzod Saidrasulov
🟢 Nigora Xasanova
🟢 Madina Zokirova
👏 Universitet jamoasi barcha taqdirlanganlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etadi!