


TUIT OPEN DAYS tadbiri yuqori saviyada tashkil etilmoqda
📅 Joriy yilning 18-fevralidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2026-yilga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasi (“Yo‘l xaritasi”) doirasida “TUIT OPEN DAYS” tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
✔️ Tadbirning asosiy maqsadi — texnikum, politexnikum va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni IT sohasiga jalb etish hamda universitetning ilmiy va ta’limiy salohiyatini keng jamoatchilikka tanishtirishdan iborat.
🏛 Tadbir doirasida o‘quvchilarga:
• universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
• ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion loyihalar;
• zamonaviy laboratoriyalar va IT markazlar;
• xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari;
• talabalar ijtimoiy hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
👥 Shuningdek, o‘quvchilar uchun ochiq muloqotlar va savol-javob sessiyalari tashkil etilib, ular universitet hayoti bilan yaqindan tanishmoqda.
📌 Xususan, tadbir doirasida:
— Oqqo‘rg‘on tuman 1-son texnikumi;
— Respublika televideniye va radio texnikumi o‘quvchilari tashrif buyurib, universitet imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.