
“TUIT Coding Champions” dasturlash musobaqasining universitet miqyosidagi 1 - saralash bosqichi 24-sentabr kuni 19:00 dan 22:00 ga qadar online bo‘lib o‘tadi. 2 - final bosqichi esa offline tartibda universitet binosida (tashkiliy qo‘mita belgilagan kunda) bo‘lib o‘tadi.
🎯Maqsad:
Universitetning sport dasturlash bo‘yicha terma jamoasini shakllantirish va ularni respublika hamda xalqaro musobaqalarga tayyorlash.
✅Imkoniyatlar:
Munosib topilgan 12 nafar talabaga O‘zbek-Hind AT markazi tomonidan xalqaro ICPC musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ta’lim granti ajratiladi.
📱Ishtirok etish uchun:
• Ro‘yxatdan o‘ting;
• Telegram guruhga a’zo bo‘ling.
Saralash bosqichi robocontest.uz platformasida tashkil etiladi.