Talabalar turar joylari boshlang‘ich Kasaba uyushmalari qo‘mitasi e’tiborida

  • Home
  • Talabalar turar joylari boshlang‘ich Kasaba uyushmalari qo‘mitasi e’tiborida
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda “Talabalar turar joyi”da talabalarning yashash sharoitini yanada yaxshilash, olib borilayotgan ishlarni tartibga solish, mavjud kamchiliklarga barham berish, talabalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2018 yil 8 iyunda Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Eng namunali talabalar turar joyi” ko‘rik-tanlovini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining raisi o‘rinbosari Axmedov Anvar Akmalovich ochib berdi va barcha talabalarni ko‘rik tanlovda faol qatnashganliklariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Ucmonov Botir Shukurillayevich universitetni barcha “Talabalar turar joyi”dagi talabalarga universitet tomonidan qulayliklar yaratib berilayotganligi, qolaversa O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Talabalar turar joyi”iga alohida e’tibor berayotganligi hamda “Eng namunali talabalar turar joyi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazishda xomiylik ko‘rsatayotganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng nominatsiya g‘oliblarini taqdirlash boshlandi.



Nominatsiya g‘oliblari quyidagilar bo‘lishdi:
TTJ -1
Eng namunali qavat – B blok 3 qavat. Qavat sardori Sultanova Rushana Raximdjanovna.
Eng namunali qizlar xonasi -A blok 707 xona. Sharipova Dilnoza Shuxrat qizi, Eshdavlatova Kamola Qudrat qizi, Muhamadiyeva Maftuna Bazarovna
Eng namunali qizlar xonasi -B blok 710 xona. Olimova Shahlo Vohidjon qizi, Xolmirzayeva Xusnibonu Tolibjon qizi
TTJ - 2
Eng namunali qavat – 3 qavat. Qavat sardori Amirov Azamat Normo‘min o‘g‘li.
Eng namunali o‘g‘il bolalar xonasi – 309 xona. Choriyev Jaloliddin Yunus o‘g‘li, Sobirov Otabek Baxtiyor o‘g‘li, Xoliqulov Otamurod Xolmirza o‘g‘li
TTJ – 3
Eng namunali qavat – 3 qavat. Qavat sardori Avazov Sardor Zokir o‘g‘li.
Eng namunali o‘g‘il bolalar xonasi – 326 xona. Burxonov Azimjon Baxromjon o‘g‘li, Valixonov Abdumalik Xusanboy o‘g‘li, Abduvaliyev Dilxush Dilshod o‘g‘li
Nominatsiya g‘oliblariga O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining qimmatbaho sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.