📌 Toshkentda “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir oʻtkaziladi

  • Home
  • 📌 Toshkentda “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir oʻtkaziladi

📌 Toshkentda “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir oʻtkaziladi

Mukofot jamgʻarmasi 10 mln soʻm boʻlgan Unicup turnirida poytaxtdagi OTM talabalari ishtirok etadi. Maʼlum boʻlishicha, kibersport turniri Toshkentdagi 16 ta oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etiladi.

“Jamoaviy turnir “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilib, uning sovrin jamgʻarmasi 10 mln soʻmni tashkil qiladi”, – deyiladi xabarda.

Unda qatnashuvchi OTMlar:

○ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU);
○ Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU);
○ Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS);
○ Vebster universiteti (WUT);
○ Toshkentdagi Nordik universiteti;
○ Markaziy Osiyo universiteti (CAU);
○ Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT);
○ Tashkentdagi Amity universiteti (AUT);
○ Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
○ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT);
○ Britaniya menejment universiteti (BMU);
○ TEAM universiteti;
○ Toshkent xalqaro taʼlim universiteti (TIUE);
○ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
○ Toshkent shahridagi TMC universiteti;
○ IT Park universiteti (ITPU).

Maʼlumot uchun, musobaqa ikki bosqichda oʻtkaziladi. Saralash oʻyinlari 4-martdan 11-martgacha “Face It” platformasida har bir universitet uchun alohida sana va vaqtda tashkil etiladi.

Do‘stlaringizga ulashing