"TIL BILIMDONI" tanlovi

  • Home
  • "TIL BILIMDONI" tanlovi

Tanlov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkaziladi va g‘oliblar diplom hamda eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi!

Tanlov shartlari:

  • Har bir ishtirokchi o‘zbek tili imlosiga oid bitta savolni 4ta javob varianti bilan birga test shaklida @TilBilimdoni manziliga o‘qish(ish) joyi va ism-familiyasini ko‘rsatgan holda yuboradi;
  • Barcha testlar @TilBilimdonlari sahifasiga joylab boriladi;
  • Qabul 20-dekabr kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

G‘olibni aniqlash:


  • 21-dekabr kuni 12:00ga qadar qaysi ishtirokchi yuborgan test eng ko‘p ishlansa, usha test savoli muallifi tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi;
  • test savolini guruh va kanallarga tarqatish ta’qiqlanmagan;
  • 2-bosqichga testi eng ko‘p ishlangan 50 ishtirokchi o‘tadi;

💠 Tanlovning 2-bosqichi savol-javob tarzida o‘tadi. Savollar quyidagi mavzularda bo‘ladi:
〽️ O‘tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari;
〽️ Ahmad Lutfiy Qozonchining "O‘gay ona" asari;
〽️ o‘zbek tili imlo qoidalari;

💠 Maqsadimiz:
O‘z ona tilimizda imlo qoidalariga amal qilgan holda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, qolaversa, bilimlarimizni yanada mukammallashtirish.

👉 Ishtirok etish va tanlov yuzasidan savollar uchun @TilBilimdoni adminga murojaat qiling.
👉 Tanlov rasmiy telegram sahifasi: @TilBilimdonlari