Televizion texnologiyalari fakultetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishlar himoyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda

  • Home
  • Televizion texnologiyalari fakultetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishlar himoyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda

Fakultetning "Audio-video texnologiyalar” va "Kompyuter grafikasi va dizayn” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli "Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi” bazasida tashkil etildi. Bu yerda ikkita ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkita davlat attestatsiya kommissiyasi faoliyat olib bormoqda. Himoyaga taqdim qilinayotgan ishlarning aksariyati soha korxonalarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan va ayrimlari amaliy ahamiyatga ega ishlanmalar bilan to‘ldirilgan. Himoya qilingan ishlar orasida ingliz tilida tayyorlangan va to‘liq ingliz tilida himoya qilingan ishlar ham borligi,  talabalarning nafaqat soha bo‘yicha bilimlarini, balki chet tillarda soha muammolarini hal qilish yo‘llarini ko‘rsata olish darajasiga yetganligidan dalolat beradi.

Himoya qilingan ishlar orasida talabalar SobirToshqulovning "3D texnologiyalari yordamida zamonaviy turar joylar modelini yaratish”, Diyora Qulmurodovaning "Creating the VR (virtual reality) of TUIT for Google Cardboard” mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlarini yuqori talab darajasida bajarilganligini e’tirof etish mumkin.