Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

  • Home
  • Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning 17-oktyabr kuni talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Tashkil qilingan musobaqada 12ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

O‘yin natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇1- o‘rin Savage jamoasi;
🥈2-o‘rin Mercury jamoasi;
🥉3- o‘rini Team Liquid jamoasi egaladilar.

G‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.