TAZIYA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti texnika fanlari doktori, professor, NISHONBOEV TUYGUN NISHONBEVICH 1946 yil 21 oktabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topganlar. NISHONBOEV TUYGUN NISHONBEVICH 1971-yildan hozirgi kungacha o‘z faoliyatiga odilona va mehnatsevarlik bilan yondoshib kelgan edilar.
NISHONBOEV TUYGUN NISHONBEVICH – texnika fanlari doktori, professor, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik Nishoni, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik Nishoni medallari nishondori, Axborotlashtirish Halqaro akademiyasi tomonidan akademiyaning haqiqiy a’zosi deb saylangan va ularga Axborotlashtirish Halqaro akademiyasi akademigi unvoni berilgan, hamda telekommunikatsiya texnologiyalari rivojiga, respublika fani va oliy ta’limning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqarishga, ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shgan olim, yetuk ustoz, g‘amxo‘r rahbar va chin inson, yurtimizning taniqli va obro‘li pedagoglaridan biri edilar. Ular barchaga yaxshi munosabatda bo‘lib, talabalar, shogirtlari va professor-o‘qituvchilar oldida katta hurmatga sazovor bo‘lgan.
NISHONBOEV TUYGUN NISHONBEVICH vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.