TATUga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

  • Home
  • TATUga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

✅ Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

✅Bundan tashqari, uchrashuv davomida TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda dual ta’limni joriy etish masalalari  ham ko‘rib chiqildi.

🗒 Ma’lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o‘z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o‘z sohalarida yangi texnologiyalarni qo‘llashdan iborat.